Vikipediya:Dars - Vikipediya

Vikipediya:Dars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Ishorat:
VP:DARS

Mundarija

[tahrir] Vikipediyani tahrirlash darsiga marhabo!

Bu yerda Vikipediyadagi sahifalarni qanday tahrirlash (oʻzgartirish) mumkinligini oʻrganishingiz mumkin.

Vikipediya ochiq ensiklopediyadir. Uni har kim, shu jumladan siz ham tahrirlay olasiz. Lekin qanday qilib?

[tahrir] Ilk qadam

Tahrir tugmasi.

Qoralama sahifasini ochib, tahrir tugmasini bosing. Bunda Tahrirlash sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi Saqla tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.

[tahrir] Koʻrib chiqish

Saqlash tugmasi.

Saqla tugmasining yonida Koʻrib chiqish tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: Koʻrib chiqish tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi.

[tahrir] Oʻzgarganlarni koʻrsat

Koʻrib chiqish tugmasi yonida Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.

[tahrir] Qisqa tavsif

Qisqa tavsif maydoni.

Saqla tugmasini bosishdan avval Qisqa tavsif maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, "xatoni tuzatdim", "yangi axborot qoʻshdim" va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsatiladi.

[tahrir] Matn ustida ishlash

Kiritayotganingiz matn ustida turli amallar bajarish mumkin.

[tahrir] Qalin va kursiv

Yozayotgan matningizni qalin yoki kursiv qilishingiz mumkin. Bunda apostroflardan (') foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija
''kursiv'' kursiv

'''qalin'''

qalin

'''''qalin kursiv'''''

qalin kursiv

[tahrir] Sarlavha va ostsarlavha

Sarlavhalar bilan maqola ichidagi boʻlimlarni ajratishingiz mumkin. Bunda barobar belgilaridan (=) foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija

== Sarlavha ==

[tahrir] Sarlavha

=== Ostsarlavha ===

[tahrir] Ostsarlavha

[tahrir] Tasvirlar qoʻyish

Suratlar ishlatish orqali maqolada gap ketayotgan obyekt haqida oʻquvchida kengroq taassurot qoldirish mumkin. Tasvir qoʻyish quyidagicha amalga oshiriladi:

[[Tasvir:Misol.jpg|150px|thumb|right|Tasvir namunasi]]

Natijada sahifaning oʻng tomonida tasvir paydo boʻladi.

Tasvir namunasi
Tasvir namunasi

Bu yerda "misol.jpg" - fayl nomi, "150px" - tasvirning piksellardagi kattaligi, "thumb" - tasvirning kichik shakli (thumbnail), "right" - tasvir joylashadigan sahifa qismi (bu yerda oʻng tomon), "Tasvir namunasi" - tasvirga izoh.

[tahrir] Ishoratlar

Oʻquvchining bir sahifadan boshqasiga osonlik bilan oʻtishi uchun sahifa ichiga ishoratlar qoʻyish mumkin. Bunda ikki tomondan ikkitadan kvadrat qavs ishlatiladi:

[[Vikipediya]] = Vikipediya

Agarda ishoratingiz matni ishora qilinayotgan maqola nomidan boshqacha boʻlsa, tik chiziq "|" yordamida ishora qilmoqchi boʻlganingiz maqola nomi va ishorat matnini ajratishingiz mumkin:

[[Vikipediya|Ochiq ensiklopediya]] = Ochiq ensiklopediya

[tahrir] Tashqi ishoratlar

Agarda Vikipediyadan tashqaridagi boshqa bir resursga ishorat bermoqchi boʻlsangiz, ishorat matnini ikki tomondan bittadan kvadrat qavs bilan yoping:

[http://www.google.uz] = [1]
[http://www.google.uz Google] = Google

Shuningdek qarang: Manbalarga ishoratlar

[tahrir] Xotima

Mana, sahifani tahrirlash asoslarini oʻrganib oldingiz. Agarda savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifasida soʻrashingiz mumkin.

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
Wikipedia wpisuje się w nurt tworzenia wolnych i otwartych treści, zainspirowany działaniami informatyków tworzących oprogramowanie wolne i o otwartym kodzie źródłowym (FLOSS). Jak w wypadku wielu tego typu projektów, otwartość internetowej encyklopedii zaowocowała szybkim wzrostem. W ciągu pięciu lat Wikipedia przyciągnęła dziesiątki tysięcy autorów i redaktorów, którzy stworzyli ponad trzy miliony haseł w 100 językach. Nieproporcjonalnie duża część pracy jest wykonywana przez stosunkowo niewielką grupę 4500 osób, z których 1850 pracuje nad wersją angielską. Wersja ta jest już kilkakrotnie większa od dowolnej tradycyjnej encyklopedii (zarówno pod względem objętości, jak i liczby haseł), a 13 największych wersji językowych, w tym polska, zawiera ponad 50 tysięcy haseł. Mistrz i Magorzata # Gryzmoy # Gryzmoy # Zdobdz cae w TFLS # Profesjonalna szkoa angielskiego warszawa Tanio i skutecznie senniczek Black red white zabawki sklep przeprowadzki Mysłowice Gałczyński Konstanty Ildefons wiersze gry Drukarnia cyfrowa